top of page
Radius 21 Group

Radius 21 — Drama


★ Eng yaxshi hit videokliplar to’plami — https://youtu.be/ES8az5GMTM8 ★ https://radius21.com/youtube YAQIN BO’L! ★ Mobila qo’limda, asta-sekin raqamni terdim (Alo) Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim Jimlik kuyini chalardim bir necha soniya Bizdan yiroqda edi, uzoqda garmoniya Dialogni men ochdim, u esa davom etdi Uchrashuv belgiladik, ozgina vaqtlar o’tdi Tuyg’ular esdan chiqqan, yuzma-yuz o’tirdik biz O’ylanardik ikkimiz, sevgidan qolganmi iz?. Unda yangicha hayot, o’zgacha bir maniya Men bilan Toshkent bo’lsa, u bilan Ispaniya Meni ustimda soddagina mayka, uchi? Boshidan oyog’igacha Prada, Rolex, Gucci Seni yaxshi tushunaman men bilan nima ko’rding? (A?) Befoyda she’rlarimmi? Sanoqdagi har bir tiyin Jahldagi qichqiriq, sevgi, izhor shu xalos Intilib kutganingda olarding doimo oz U esa boshqa dunyo Quruq gap gapirmaydi Jahlda baqirmaydi Pulda maydalashmaydi Men kelardim sovg’asiz, u esa gullar bilan Sevgim bilan ko’mardim, u esa pullar bilan Boshingni qotirma, mayli, o’zi shundoq ham ayon Gaplarim yolg’on bo’lsa, men ham qilmasdim bayon Unda Audi to’rtinchi, yonida valyuta ko’pincha O’tmishni esdan chiqar, mana endi prestij ham Bir kun kelib ko’rasan, aslida xato qilding Sevgi pulga sotilmas, muhabbatni xor qilding Baxt degani pulmikan? — deya ikkilanaman O’z yo’lingni tanlading-ku, men nima qila olaman?! “Yo’q, unda daryo pullar”, shivir aytib qo’yasan “Sevgi qiziqtirmaydi”, deya javob berasan O’ylanib ko’rgin bir bor, haliyam imkoni bor Sen esa jimlik saqlab birdan solib ketting dod Yana o’sha isterika, yana o’sha panika Go’yoki sen farishta-yu, men aybdor bariga (A?) Qo’ldagi mobila sindi, sochilib ketdi tekila Ovozing g’azab bosib, yana o’sha eski gap Ko’zlaringga yosh olib, “Qara, e’tiborsiz sen Hayotda mazmuning yo’q, lazzatsiz hayot” deding (Nima?) Hali men aybdormanmi boylikka sen o’ch bo’lsang? Seni ko’tarolmayman, “Jim bo’l”, ovozing o’chsin… Tomchilar tushgan ko’zingdan, g’azab tushmagan yuzingdan Birdan tugadi bu dramma, uyma-uy ketgandi hamma Aybsiz ikkalamiz, shunchaki turlimiz biz Senga baxt pulda bo’lsa, menga edi ikkimiz… // Shahzod Gulomov #Radius21 #Drama #Rap // ··························· ★ youtube.com/Radius21 ★ t.me/radius21group ★ fb.com/radius21group ★ instagram.com/radius21group ★ ok.ru/radius21 ★ radius21.com ······································································ 𝟸𝟶𝟸𝟶 © 𝚁𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜 𝟸𝟷 𝙶𝚛𝚘𝚞𝚙 𝚙𝚛𝚘𝚍𝚞𝚌𝚎𝚛@𝚛𝚊𝚍𝚒𝚞𝚜𝟸𝟷.𝚌𝚘𝚖 Kanalimizga obuna! https://r21.uz/youtube

Comentários


bottom of page